Sei sulla pagina 1di 10

Masalalarni sonli yechishdagi natijaning

xatoliklar manbalari va turlari

Karimov Umid Ulug’bekovich

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI


Xatoliklar manbalari

Ixtiyoriy matematik masalani sonli yechishda biz aniq yechimga


ega bo’lmasdan, balki yechimni u yoki bu darajadagi aniqlikda
topamiz. Demak, natijadagi xatolik qanday hosil bo’lganligini
aniqlash lozimdir.

Berilgan masalaning bizni qiziqtirgan yechimini topish uchun,


masalada qatnashuvchi barcha parametrlarni

dastlabki ma’lumotlar

deb ataymiz. Tabiiyki, topilishi kerak bo‘lgan (bizni qiziqtirgan)


yechim dastlabki ma’lumotlaming funksiyasi bo‘ladi.

Karimov Umid Ulug’bekovich Masalalarni sonli yechishdagi natijaning xatoliklar manbalari va tu


Yo‘qotilmas xatolik

Aniq yechim bilan taqribiy yechim orasidagi farq xato deyiladi.


Dastlabki ma’lumotlaming noaniqligi natijasida hosil bo‘lgan xato
yo’qotilmas xato deyiladi. Tabiiyki, bu xatolik berilgan masalani
yechuvchiga bog‘liq bo‘lmay, to‘la-to‘kis berilgan ma’lumotlaming
aniqligiga bog‘liqdir.
Agar dastlabki ma’lumotlarning aniqligi katta bo‘lmasa, aniqligi
juda katta bo’lgan metodni qo‘llash o‘rinsizdir. Chunki aniqligi
katta bo‘lgan metod ko‘p mehnatni (hisoblashni) talab qiladi,
lekin natijaning xatosi bari bir yo‘qotilmas xatodan kam bo‘lmaydi.

Karimov Umid Ulug’bekovich Masalalarni sonli yechishdagi natijaning xatoliklar manbalari va tu


Metod xatoligi

Ma’lumki, ba’zi matematik ifodalar tabiat hodisalarining ozmiko‘pmi


ideallashtirilgan modelini tasvirlaydi. Shuning uchun tabiat hodis-
alarining aniq matematik ifodasini (tenglamalarini, formulasini)
berib bo‘lmaslik bois, natijada xato kelib chiqadi. Bundan tashqari,
biron masala aniq matematik formada yozilgan bo‘lsa va uni bu
ko‘rinishda yechish mumkin boimasa, u holda bu masala unga
yaqinroq va yechish mumkin bo‘lgan masalaga almashtiriladi.
Buning natijasida hosil bo‘ladigan xato metod xatoligi deyi-
ladi.

Karimov Umid Ulug’bekovich Masalalarni sonli yechishdagi natijaning xatoliklar manbalari va tu


Hisoblash xatoligi

Biz doimo π, e, ln2 va shunga o‘xshash irratsional sonlarning


taqribiy qiymatlarini olamiz, bundan tashqari, xisoblash jaray-
onida oraliq natijalarda ko‘p xonali sonlar xosil bo‘ladi, bularni
yaxlitlab olishga to‘g‘ri keladi. Ya’ni masalalarni yechishda hisoblashni
aniq olib bormaganligimiz natijasida xam xatoga yo‘l qo‘yamiz,
bu xato hisoblash xatoligi deyiladi.

Karimov Umid Ulug’bekovich Masalalarni sonli yechishdagi natijaning xatoliklar manbalari va tu


To’liq xatolik

Shunday qilib, yechimning to’liq xatoligi, ya’ni berilgan masalan-


ing aniq yechimi bilan amalda topilgan taqribiy yechim orasidagi
farq yo’qotilmas xato, metod xatoligi va hisoblash xatoligi
dan iborat bo‘lar ekan.

Karimov Umid Ulug’bekovich Masalalarni sonli yechishdagi natijaning xatoliklar manbalari va tu


Misol

Yon tomonlari a ga va ular orasidagi burchak α ga teng bo’lgan


teng yonli ABC uchburchak bilan uning asosini diametr deb
olib chzilgan yarim doiradan tashkil topgan figuraning yuzi S ni
hisoblang, a va α ni o’lchash natijasida topilgan deb oling.

Karimov Umid Ulug’bekovich Masalalarni sonli yechishdagi natijaning xatoliklar manbalari va tu


Misol

Chizmadan foydalanib quyidagini hosil qilamiz:

a2 π
 
S= sinα + (1 − cosα)
2 2
Agar a∗ va α∗ bilan mos ravishda a va α larning o’lchash nati-
jasida topilgan qiymatlarini belgilab olsak, u holda

a∗ 2 π
 
S∗ = sinα∗ + (1 − cosα∗ )
2 2
bo’ladi. Bundan yo’qotilmas xato ρ1 = S − S ∗ kelib chiqadi.
Agar qo’limizda trigonometrik funksiyalar jadvali bo’lmasa,

Karimov Umid Ulug’bekovich Masalalarni sonli yechishdagi natijaning xatoliklar manbalari va tu


Misol

biz bu formulani jadvalsiz hisoblash mumkin bo’lgan boshqa

a∗ 2 X
n
α∗2k+1 n
α∗2k
" #
πX
S̄ = (−1)k + (−1)k−1
2 k=0 (2k + 1)! 2 k=0 (2k)!

formula bilan almashtiramiz. Natijada ρ2 = S ∗ − S̄ metod


xatosi kelib chiqadi.Agar biz bu yerda sinα∗ va cosα∗ ning Teylor
qatoridagi yoyilmasining chekli yig’indisini emas balki uzluksiz
kasrlardagi yoyilmasining n - tartibli mos kasrini olganimizda
metod xatosi boshqacha bo’lar edi.

Karimov Umid Ulug’bekovich Masalalarni sonli yechishdagi natijaning xatoliklar manbalari va tu


Misol

S̄ ni hisoblashda π ning taqribiy qiymati bilan almashtirish va


oraliqdagi natijlarni yaxlitlashga to’g’ri keladi. Natijada biz S̄
o’rniga S̃ ga ega bo’lamiz, shu bilan birga ρ3 = S̄ − S̃ hisoblash
xatosi kelib chiqadi. Demak to’liq xato: ρ = S − S̄ yo’qotilmas
xato (ρ1 ), metod xatosi (ρ2 ) va hisoblash xatosi (ρ3 ) ning yig’indisiga
tengdir:
ρ = ρ1 + ρ2 + ρ3

Karimov Umid Ulug’bekovich Masalalarni sonli yechishdagi natijaning xatoliklar manbalari va tu

Potrebbero piacerti anche